Ahmadaliyev Meksikada g‘alaba qozondi. Raqib oq sochiq uloqtirdi (video)

Olam

image

Kecha, 30 may kuni birinchi yengil vazn toifasidagi o‘zbekistonlik professional bokschi Murodjon Ahmadaliyev Meksikada o‘ziga juda muhim bo‘lgan jangda 29 yoshli meksikalik Luis Kastiloni (31-6, 20 KO) texnik nokaut bilan mag‘lub etdi va shu orqali yaponiyalik mutlaq chempion Naoya Inouega qarshi jangni rasman ta’minladi.

Joriy yil bahorning boshida Ahmadaliyev va Inoue jamoalari, shuningdek, WBA rahbariyati kelishuvga erishgan edi. Unga ko‘ra, Naoya Inoue 4 may kuni o‘z kamarini ixtiyoriy ravishda himoya qiladi, undan so‘ng esa sentyabr oyida Ahmadaliyev bilan jang qiladi. Bu kelishuv kuchga kirishi uchun har ikki bokschining ham navbatdagi janglarida g‘alaba qozonishi shart edi.

Inoue 4 may kuni Ramon Kardenasni nokaut qilgan bo‘lsa, Ahmadaliyev esa kecha, 30 may kungi jangda o‘z vazifasini bajarishga muvaffaq bo‘ldi. 5 va 6-raundlarda u Kastiloni nokdaunga tushirdi, 8-raunddagi ketma-ket zarbalaridan so‘ng esa meksikalik bokschining murabbiyi oq sochiq uloqtirib, jangni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Shu orqali Ahmadaliyev profboksdagi g‘alabalari sonini 14 taga yetkazib oldi. 

Ma’lumot uchun, Ahmadaliyev va Inoue o‘rtasidagi jang 14 sentyabr kuni Yaponiyaning Osaka shahrida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Murodjon Ahmadaliev Naoya Inoue Luis Kastil'o

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing