WBA yangilangan reytingida o‘zbek bokschilarining o‘rni qanday?

Sport

image

Butunjahon boks assotsiatsiyasining (WBA) 2021 yil dekabr oyi yakuniga ko‘ra yangilangan reytingi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, yarim yengil vaznda (-55,3 kg) WBA chempionlik kamari sohibi Murodjon Ahmadaliyev mazkur yo‘nalishda reytingning eng yuqori pog‘onasida bormoqda. U shuningdek, IBF yo‘nalishida ham chempion hisoblanadi.

Birinchi o‘rta vazn toifasida (69,8 kg) mag‘lubiyatsiz odimlayotgan Isroil Madrimov o‘tgan oyda fransiyalik Mishel Soroni mag‘lub etgan holda 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Madrimov katta ehtimol bilan revansh jangida ham g‘alaba qozonsa, chempionlik jangida ringga ko‘tariladi.

Super yengil vazn toifasida (-63,5 kg) ringga ko‘tariluvchi Shahram G‘iyosov o‘tgan oydagi kabi 7-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, so‘nggi jangda nokaut evaziga g‘alaba qozongan Shohjahon Ergashev o‘ninchi pog‘onada qayd etilgan. 

Birinchi o‘ta yengil vazn toifasidagi (-48,9 kg) Hasanboy Do‘smatov esa o‘tgan oydagi o‘rnidan bir pog‘ona pastladi va 5-o‘rinni egallab turibdi. 

Shuningdek, yarim yengil vazn toifasida so‘nggi 5 oy ichida 9 ta nokautli g‘alaba qayd etgan Otabek Xolmatov 14-o‘ringa ko‘tarildi. U so‘nggi bor 2021 yil 25 dekabrda dominikanlik Adrian Morel Solisni mag‘lub etgan.

O‘zbekistonlik bokschilar orasida boshqa hech kim reytingga kiritilmagan. 
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

1086

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing