Bivoldan mutlaq chempion nomi tortib olindi

Sport

image

Boks bo‘yicha yarimog‘ir vazn toifasida WBA, WBC, WBO, IBF, “The Ring” va IBO yo‘nalishlari chempion. rossiyalik Dmitriy Bivol WBC kamariga da’vogarb meksikalik Devid Benavides bilan jangdan bosh tortgani uchun kamar vakant qoldirildi. Bu haqda Halqaro boks kengashi (WBC) xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Bivolning bunday qarorga kelishi uning hamyurti Artur Beterbiyevga qarshi uchinchi jangni o‘tkazishi bilan bog‘liq. Bivol 23 fevral kuni Ar-Riyod shahrida o‘tgan revansh jangida Beterbiyevni ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etib, yarimog‘ir vaznda mutlaq jahon chempioniga aylangandi. Promouter Turki al-ash-Shayx kuzda bu ikki bokschining uchinchi jangini o‘tkazmoqchi.  

Shu tariqa, Bivoldan yarim og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni, degan nom tortib olindi.

Qayd etish joiz, endilikda boks olamida birgina mutlaq jahon chempioni qoldi, bu ham bo‘lsa yaponiyalik yengilmas bokschi Naoya Inoue hisoblanadi. WBC Interim kamari sohibi o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev shu yilning sentyabr oyida Inoue bilan jang qilish borasida kelishib olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks WBC Dmitriy Bivol Devid Benavides Halqaro boks kengashi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing