Bivol Alvares bilan yana jang qilish uchun vazn tashlamoqchi

Sport

image

Rossiyalik bokschi Dmitriy Bivol meksikalik Saul Alvaresga qarshi revansh jangi uchun vaznini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda TASS xabar berdi.

“Agar mutlaq jahon chempioni maqomi xavf ostida bo‘lsa, Dmitriy ikkinchi o‘rta vaznda (76,2 kg gacha) “Kanelo” bilan revansh jangini o‘tkazishi mumkin”, deydi Bivol jamoasi a’zolaridan biri.

Bivol o‘tgan yilning bahorida hakamlar qaroriga muvofiq Alvaresni mag‘lub etgandi. Yarim og‘ir vaznda (79,38 kg gacha) Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) ma’lumotlariga ko‘ra jahon chempioni unvoniga ega bo‘lgan 32 yoshli rossiyalik 21 jangda g‘alaba (11 ta nokaut) qozonib, hali birorta ham mag‘lubiyat qayd etmagan.

32 yoshli Alvares esa Xalqaro boks federatsiyasi (IBF), Butunjahon boks kengashi (WBC), Butunjahon boks tashkiloti (WBO) va Butunjahon boks assotsiatsiyasining (WBA) super o‘rta vazn toifasidagi chempionlik unvonlariga ega. Uning hisobida 58 g‘alaba (39 ta nokaut), 2 mag‘lubiyat va 2 durang mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Bivol

Baholaganlar

1

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing