Bishkekda Mi-8 harbiy vertolyoti quladi

Olam

image

Bishkekda Mi-8 harbiy vertolyoti qulab tushdi. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Kabar” agentligi “Qirg‘izaeronavigatsiya”ga tayanib xabar berdi. 

“Mahalliy vaqt bilan soat 10:55 da Frunze-1 aviabazasida Mi-8 harbiy vertolyoti halokatga uchradi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, vertolyot Qirg‘iziston havo hujumidan mudofaa kuchlariga tegishli. Mudofaa vazirligi vertolyot mashg‘ulot parvozlari vaqtida majburiy qo‘nganini va jarohatlanganlar borligini tasdiqlagan.

O‘z navbatida “Vesti.kg”ning xabar berishicha, bir kishi halok bo‘lgan, yana yetti kishi jarohatlangan.

Mi-8 – Sovet va Rossiya vertolyotlari oilasi, dunyodagi eng mashhur vertolyotlardan biri. Asosiy model 1960 yillarning boshlarida Mixail Milyaning dizayni asosida ishlab chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 yanvar kuni Chilida o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashayotgan samolyot halokatga uchragandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Bishkek Mi-8

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing