Bishkekdan noyob kadrlar: kim kim bilan norasmiy muloqot qildi? (foto)

Olam

image

Bishkekdagi SHHT va “SHHT+” sammiti doirasida davlat rahbarlarining qisqa uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “AKI press” xabar berdi.

Hindiston Bosh vaziri Tojikiston Prezidenti bilan uchrashdi

“Tojikiston Prezidenti Janob Imomali Rahmon bilan ajoyib suhbat bo‘lib o‘tdi. Hindiston Tojikiston bilan turli sohalardagi hamkorlikni mustahkamlashni intiqlik bilan kutmoqda”, deb yozdi Modi Facebook’da.

XXR Raisi va Eron Prezidenti

“Doktor Mas’ud Pezeshkiyon va Si Szinpin Bishkekdagi Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida uchrashib, bir necha daqiqalik muzokaralar o‘tkazishdi”, deb xabar beriladi Eron yetakchisining X sahifasida.

Hindiston Bosh vaziri va Laos Prezidenti

“Bishkekdagi SHHT sammiti doirasida Laos Xalq-Demokratik Respublikasi Prezidenti Txonglun Sisulit bilan uchrashdim. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha ajoyib suhbat o‘tkazdik”, deb yozdi Bosh vazir ijtimoiy tarmoqlarda.

Rossiya, Turkiya va Belarus Prezidentlari

Vladimir Putin, Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Aleksandr Lukashenkoning suhbati haqida Belarus yetakchisining matbuot xizmatiga yaqin bo‘lgan “Pul Pervogo” Telegram-kanali xabar berdi.

O‘zbekiston, Rossiya va Ozarbayjon Prezidentlari

Shavkat Mirziyoyev, Vladimir Putin va Ilhom Aliyev Bishkekda tik oyoqda suhbatlashdi.

Rossiya va Ozarbayjon Prezidentlari

Ilhom Aliyev va Vladimir Putin bugun, 1 sentyabr kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida qisqa suhbatlashib oldi.

Muloqot bo‘lib o‘tganini OAVga Rossiya davlat rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov tasdiqladi. Jurnalistlarning siyosatchilarning o‘zaro muloqoti haqidagi savoliga javob berar ekan, u: “Ha. Tik oyoqda”, deb qayd etdi.

Ozarbayjon Prezidenti va Hindiston Bosh vaziri

Ilhom Aliyev SHHT doirasida Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan suhbatlashdi. Uchrashuv Bishkekdagi “SHHT plyus” formati doirasida bo‘lib o‘tgan. Muzokaralar tafsilotlari ochiqlanmagan.

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart To‘qayev SHHT doirasida. Uchrashuv Bishkekdagi “SHHT plyus” formati doirasida bo‘lib o‘tgan. 

O‘zbekiston, Rossiya, Hindiston va Ozarbayjon yetakchilari

Shavkat Mirziyoyev, Vladimir Putin, Ilhom Aliyev va Narendra Modi Bishkekdagi “SHHT+” tadbiri doirasida guruh bo‘lib suhbatlashgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing