Bishkek elektr stansiyasida yirik portlash sodir bo‘ldi

Olam

image

Bugun tunda Bishkek issiqlik elektr stansiyasida avariya yuz berdi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi. 

Baxtsiz hodisa ertalab soat 3:00 da sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, isitish qozonlaridan biri portlagan.

Qirg‘iziston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi jurnalistlarga qozon uskunasi operatorlari jarohatlangani haqida ma’lum qildi.

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, ikki bemorda o‘ta og‘ir kuyish shoki, uchinchisida esa o‘rtacha jarohat bor. Bishkekdagi maktablar va bolalar bog‘chalari 5 fevralga qadar masofaviy ta’limga o‘tgan.

Nashrning yozishicha, Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarov Qozog‘istonga tashrifini to‘xtatib, Bishkekka qaytmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasi rahbari poytaxtga kelishi bilan issiqlik elektr stansiyasidagi favqulodda holat yuzasidan Prezident ma’muriyatida yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.

“Prezident Sadir Japarov vaziyatni shaxsiy nazoratida ushlab turibdi”, deydi uning matbuot kotibi.

Mazkur issiqlik elektr stansiyasi 1961 yildan beri ishlab kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Bishkek issiqlik elektr stantsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing