Birjada paxta yog‘ining narxi pasaydi
Jamiyat
−
18 may 2021
8889O‘tgan hafta davomida, ya’ni 10–16 may kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 1 mlrd 219 mln so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 29,1 foizga kamdir. Bunda sotuvlarning 84,3 foiz — birja savdolari, 1,4 foiz — ko‘rgazma-yarmarka savdolari, 14 foiz — elektron davlat xaridlari va 0,3 foiz avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.
Ma’lum qilinishicha. o‘tgan haftada birjaning paxta yog‘i bozorida narxlarning pasayish holatlari kuzatilgan. Xususan, 10–12 may kunlari birja savdolari orqali 1462 tonna paxta yog‘i sotilgan.
O‘tgan uch kun mobaynida barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 16 mln 825 ming so‘mdan 14 mln 739,3 ming so‘mgacha, ya’ni 12,4 foizga pasaygan.
Paxta yog‘ining birjadagi narxlarini pasayishiga mos tarzda texnik paxta chigiti va paxta yog‘ining boshlang‘ich narxlarini sotuvchi-korxonalar tomonidan pasaytirilgani o‘z ijobiy ta’sirini o‘tkazgan.
Xususan, ko‘rib chiqilayotgan davrda paxta yog‘ining boshlang‘ich narxi mahsulotning bir tonnasi uchun o‘rtacha 15 mln 375,6 ming so‘mdan 14 mln 158,6 ming so‘mgacha, ya’ni 8 foizga pasaygan.
O‘simlik yog‘i narxi atrofidagi vaziyat
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘simlik yog‘ini QQSdan vaqtincha ozod qilish haqida qonun qabul qilib, Senatga yuborgan edi.
Shundan so‘ng, Senat o‘simlik yog‘ini QQSdan ozod qilish haqidagi qonunni ma’qulladi. 30 aprel kuni O‘zbekistonga o‘simlik yog‘ini olib kirish QQSdan ozod qilindi.
Ushbu sohadagi mutaxassis esa yog‘-moy QQSdan ozod qilingani bilan narxlar tushmasligini ma’lum qildi.
Shuningdek, birja savdolarida texnik chigitning boshlang‘ich narxlarini kelishib sun’iy oshirish va raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilishi alomatlari yuzasidan 34 ta paxta-to‘qimachilik klasterlariga nisbatan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan ish qo‘zg‘atilgandi.
Qolaversa, Prezident Shavkat Mirziyoyev ham mas’ullarga aholining yog‘-moy mahsulotlariga talabini qondirish bo‘yicha ko‘rsatma bergandi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15