Biryo‘la 3 ta xorijiy aviakompaniya O‘zbekistonga uchish uchun ruxsat oldi
Jamiyat
−
06 fevral
8346O‘zbekiston Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi Misr, Malayziya va Janubiy Koreya aviakompaniyalariga O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsat berdi. Bu haqda agentlik saytida xabar berildi.
Agentlik tomonidan O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga asosan joriy yil 3 fevralida Air Asia X Berhad aviakompaniyasiga O‘zbekistonga Kuala-Lumpur-Toshkent-Kuala-Lumpur yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish ruxsatnomasi rasmiylashtirib berilgan. Parvozlar A330 havo kemasida amalga oshiriladi.
Shuningdek, O‘zbekistonga Seul-Toshkent-Seul yo‘nalishida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga asosan joriy yil 3 fevralida T’way Air aviakompaniyasiga muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish ruxsatnomasi berilgan. Bunda ham parvozlar A330 havo kemasida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston va Misr Arab Respublikasi o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim asosida joriy yil 4 fevralida Red Sea Airlines aviakompaniyasiga O‘zbekistonga Sharm-El-Sheyh-Toshkent-Sharm-El-Sheyh yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish ruxsatnomasi taqdim qilingan. Parvozlar V737 havo kemasida amalga oshiriladi.
LiveBarchasi