Birinchi prezidentning ukasi vafot etdi

Olam

image

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning ukasi Bolat Nazarboyev vafot etdi. Bu haqda birinchi prezident matbuot kotibi Aydos Ukibay ma’lum qildi.

“Uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning ukasi Bolat Abishevich Nazarboyev 70 yoshida vafot etdi”, deb yozadi u X ijtimoiy tarmog‘ida.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Bolat Nazarboyevning yuragi to‘xtab qolishi tashxisi bilan jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ko‘rilgan tibbiy yordam choralariga qaramay u vafot etgan.

Bolat Nazarboyev joylashgan shifoxonaga ko‘ra, o‘lim bugun, 13 noyabr kuni soat 09:51 da sodir bo‘lgan.

Bolat Nazarboyev – Nursulton Nazarboyevning ukasi. Ochiq manbalarga ko‘ra, u "Aqlli avlod" xayriya jamoat fondining asoschisi, BN Invest xolding rahbari bo‘lgan.

Bolat Nazarboyevda 2015 yilda xavfli o‘sma (buyrak karsinomasi) aniqlangan. Keyin transplantatsiya amalga oshirilgan. Kasallik progressiv og‘ir qandli diabet bilan murakkablashgan. 2021 yilda shifokorlar yana bir tashxisni – halqum saratonini qo‘ygan. 2021 yil 29 iyul kuni Germaniyada Qozog‘iston Birinchi Prezidentining ukasi halqumni olib tashlash bo‘yicha operatsiya qilingan, shundan so‘ng ko‘plab asoratlar paydo bo‘lgan. Sentyabr oyida sepsis va tromboz rivojlanib, uning ahvoli og‘irlashgan. U komaga tushgan va klinik o‘limdan omon qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev Bolat Nazarboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing