Birinchi prezident raisligidagi kengash tarqatib yuborildi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev raisligidagi “Samruk-Kazina” jamg‘armasi boshqaruv kengashini tarqatib yubordi. Bu haqda Oq O‘rda matbuot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 16 noyabr kuni “Qozog‘iston Respublikasi Milliy jamg‘armasidan bolalarga pul mablag‘larini yig‘ish, ularni to‘lash va ulardan foydalanish masalalari bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzolagan. 

Mazkur qonun davlat rahbarining 2024 yil 1 yanvardan boshlab “Bolalar milliy jamg‘armasi” loyihasini ishga tushirish bo‘yicha topshirig‘ini amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan. Qonun bilan Respublika Milliy jamg‘armasining yillik investitsiya daromadining 50 foizi hamda bolalarning 18 yoshga to‘lganidan keyin to‘lab beriladigan mablag‘lar maxsus jamg‘arma hisobvaraqalariga ajratiladi. 

Moliya vazirligining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 18 yil ichida har bir bola hisobida 3500 dollar to‘planadi. Buni yillar kesimida hisoblaydigan bo‘lsak, uning o‘rtacha miqdori 150-160 dollarni tashkil qiladi.

To‘qayev tomonidan imzolangan qonunda shuningdek, “Bolalar milliy jamg‘armasi” loyihasi tashkil etilishi munosabati bilan Nursulton Nazarboyev raisligidagi “Samruk-Kazina” jamg‘armasi boshqaruv kengashining tugatilishi ham nazarda tutilgan. 

“Qozog‘iston Respublikasining 2012 yil 1 fevraldagi “Milliy farovonlik jamg‘armasi to‘g‘risida”gi qonunining 6-1-moddasi (“Jamg‘armani boshqarish kengashi”) chiqarib tashlansin”, deyiladi hujjatda


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Nursulton Nazarboev kengash Qosim-Jomart To'qaev birinchi prezident Milliy jamg'arma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made