Birinchi xonim Ziroat Mirziyoyeva rahbarligida yangi loyiha taqdim etildi

Jamiyat

image

“Zamin Eco-Education” nomli yangi keng ko‘lamli loyiha taqdim etildi. Dasturning ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir 5-may kuni Nukusda bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Ziroat Mirziyoyeva boshchiligadi “Zamin” fondining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, “Zamin” fondi eko-ta’limni zamonaviy turmush tarzining muhim asosi deb biladi. Loyihaning maqsadi atrof-muhit borasida mas’uliyatli avlodni tarbiyalash hisoblanadi.

“Eko-ta’lim atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha qarorlarni qabul qilishda jamoatchilik fikrini hisobga olishga, jamoat tashkilotlarini jalb qilishga undaydi. Eko-ta’lim barqaror rivojlanishdagi muhim omil va samarali ekologik siyosatning asosidir”, deyiladi xabarda.

Dastur Ekologik ta’lim fondi (Daniya Qirolligi), UNEP va “Ted-Ed” bilan hamkorlikda amalga oshirilib, bir nechta mustaqil tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi: “Eco-Schools”, "Green Key", "Earth School" xalqaro loyihalari.

Qayd etilishicha, UNICEF va FAO bilan hamkorlikda sanitariya va gigiyena, to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha bir nechta ma’rifiy tadbirlarni o‘tkaziladi. Bolalar uchun eko-oromgoh, eko-festivallar, davra suhbatlari va anjumanlar tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Zamin” fondi rahbari Ziroat Mirziyoyeva boshchiligida “Zamin Education” ta’lim platformasi va sinflari ochilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Mirziyoeva

Baholaganlar

282

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing