Mirziyoyeva Italiya Birinchi xonimini aylantirdi
Jamiyat
−
11 noyabr 2023 52407 1 daqiqa
Kecha, 10 noyabr kuni Toshkentda o‘tgan O‘zbekiston-Italiya sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Italiya Respublikasi Prezidentining qizi - ushbu mamlakat Birinchi xonimi Laura Mattarella bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.


Ushbu uchrashuv davomida Birinchi xonim O‘zbekiston hunarmandchiligi namunalari bilan tanishdi. Unga milliy liboslar, an’ana va urf-odatlar, shuningdek, o‘ymakorlik san’ati namoyish etildi.


Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella qizi bilan 9 noyabr kuni O‘zbekistonga kelgandi. 10 noyabr kuni esa Laura Mattarella otasi bilan O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr