Bir oyda to‘rtinchisi: KXDR Yapon dengiziga yana raketa uchirdi
Olam
−
17 yanvar 2022
4894Bugun, 17 yanvar kuni Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Yaponiya sohil qo‘riqlash xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, raketa suvga tushgan. Agentlik potensial xavf zonasidagi baliq ovlovchi qayiqlarni xavfdan va agar raketa qoldiqlari topilsa, undan uzoqroq turish haqida ogohlantirmoqda.
Janubiy Koreya harbiylari, Yonhap axborot agentligining yozishicha, o‘z navbatida, noma’lum raketa uchirilgani haqida ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, bu KXDR tomonidan 2022 yil boshidan beri amalga oshirilgan to‘rtinchi raketa parvozidir. Bungacha uchta raketa uchirilgandi.
LiveBarchasi