Shimoliy Koreya yangi dahshatli qurollarini nega ko‘z-ko‘z qilayotganini ochiqladi

Olam

image

So‘nggi bir oyda qatorasiga uchta gipertovushli ballistik raketalar sinovini muvaffaqiyatli yakunlagan Pxenyan nima sababdan tinimsiz yangi qurollarini ko‘z-ko‘z qilayotganini ma’lum qildi. 

Bugun, 15 yanvar kuni KXDR e’lon qilgan bayonotga ko‘ra, uning bu harakatlari yaqinda ketma-ket Pxenyanga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilgan AQSHga javob zarbasi sifatida qabul qilinishi kerak.

Shimoliy Koreya markaziy axborot agentligi (KCNA) esa Yapon dengizida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan yangi qurollar sinovlarini “mamlakat armiyasining jangavor shayligini sinovdan o‘tkazish” deya baholagan. 

Janubiy Koreyaning “Yonhap” axborot agentligining mamlakat razvedkasi ma’lumotlariga tayanib xabar qilishicha, KXDR sinovdan o‘tkazgan yangi qurolning imkoniyatlari juda keng. U 36 km balandlikda, soatiga 7 350 km tezlik bilan (bu tovush tezligidan olti barobar katta) 430 km masofani bosib o‘tib nishonni aniq urgan.

Eslatib o‘tamiz, KXDR kecha, 14 yanvar kuni o‘zining uchinchi gipertovushli raketasini sinovdan o‘tkazdi. Bu so‘nggi bir oy ichida Pxenyan havoga uchirgan uchinchi ballistik qurol hisoblanadi.

So‘nggi raketaning sinovi, Pxenyan Tashqi ishlar vazirligi AQSHni Shimoliy Koreyaga qarshi joriy qilgan sanksiyalari uchun yanada qaqshatqichroq javoblar bilan “siylashi” haqidagi bayonotidan bir necha soat o‘tib amalga oshirilgan. 

KXDR ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda “qarama-qarshilik pozitsiyasi” saqlab qolinishi va Pxenyan Vashingtonga qarshi yanada kuchliroq va aniqroq choralar ko‘rishi haqida ogohlantirgan.

Ba’zi ekspertlarning fikricha, Shimoliy Koreya lideri Kim Chen In o‘ziga qo‘shni bo‘lgan davlatlar va AQSH bilan tinchlik muzokaralarini olib borishda antiqa usuldan foydalanmoqda. U avvaliga dahshatli qurollar bilan ularni vahimaga solib, keyin tinchlik bitimini tuzishni taklif qiladi.

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

KXDR Shimoliy Koreya

Baholaganlar

701

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing