Kim Chen Inning akasini o‘ldirishda gumonlangan vetnamlik ayol Malayziyada ozod etildi

Olam

image

Dastlab ayol qotillik ishi bo‘yicha ayblananib, hibsga olingan edi. Natijada u uch yilu to‘rt oyga ozodlikdan mahrum etilgan edi. U  qamoqxonada hibsda saqlanayotgan edi. Mart oyida yana bir gumondor, 26 yoshli Indoneziya fuqarosi Siti Aysia sud zalidan ozod etilgan edi.

Kim Chen Nam 2017 yil 13 fevralda Kuala-Lumpur aeroportida o‘zini yomon his qilib, shifoxona yo‘lida vafot etgan.  U o‘limi oldidan ayeroport xodimlariga murojaat qilib begona ayol yuziga noma’lum suyuqlik sepganini aytishga ulgurgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, Kim Chen Namning o‘limi Malayziyada ishlab chiqilgani gumon qilingan asab tizimini falajlovchi VX Nerve Agent kimyoviy suyuqlik orqali amalga oshirilgan. Inson o‘limi uchun ushbu kimyoviy moddaning 10 milligrammi yetarli. 

Malayziya Sog‘liqni saqlash vazirining ma’lumotiga ko‘ra zaharli modda yurak, nafas va boshqa organlarga kuchli ta’sir etishi natijasida o‘limni keltirib chiqaradi. 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Kim chen in KXDR shimoliy koreya

Baholaganlar

38

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing