Bir ovozga bitta kola: “Open Budget”ning navbatdagi mavsumi boshlanyapti

Jamiyat

image

Prezidentning 2021 yil apreldagi qarori asosida yo‘lga qo‘yilgan “Tashabbusli budget” (open budjet) loyihasining 2-mavsumi 17 iyul kuni start oladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi o‘zining rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mavsum 17 iyul kuni soat 10:00 da boshlanadi va 3 bosqichni o‘z ichiga oladi: loyihalarni qabul qilish, saralab olish va ovoz berish. Birinchi bosqich 17 iyuldan 6 avgustga qadar, ikkinchi bosqich 6-26 avgust, 26 avgustdan 15 sentyabrgacha bo‘lgan muddatda o‘tkaziladi. 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu mavsum uchun tuman (shahar) byudjetlari hisobidan 1 trillion so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirilishi kutilmoqda va ularning miqdori mavsum yakuniga qadar ortib boradi.

Eslatib o‘tamiz, “Open budget” loyihasining birinchi mavsumida 33 ming 680 ta tashabbus uchun 16 milliondan ortiq ovoz berilgan bo‘lib, yakunda esa 1666 ta loyiha g‘olib deb topilgan.

Ajratilgan byudjet 1 trillion 571 milliard 963 million so‘mni tashkil qiladi.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Open Budget

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made