O‘qituvchilar ovoz yig‘ish uchun maktab qolib, bozorda yurgani aytildi  

Jamiyat

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi maktab o‘qituvchilarining “Tashabbusli byudjet”ga ovoz to‘plash uchun maktab qolib, bozorda yurgani haqidagi murojaati tarqaldi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bunga o‘z munosabatini bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, murojaat yuzasidan ishchi guruh tuzilib, mazkur holat o‘rganilgan. O‘rganishlar davomida maktab o‘qituvchilari A.N. va O‘.D.lar yakshanba, dam olish kunida o‘z ehtiyojlari uchun Urgut bozoriga borganida bozorda qarindoshlarini ko‘rib qolib, maktablari uchun “Tashabbusli byudjet”ga ovoz berishlarini so‘ragan.

Bundan tashqari, maktabda sport zali mavjud emasligi, isitish tizimi hamda tom qismining ta’mirtalabligi, mavjud hojatxona kichkinaligi sababli yangi hojatxona qurish zarurligi aniqlangan. Prezidentning “Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 13-bandida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zimmasiga hududdagi xalq ta’limi muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda ularning infratuzilmasini yaxshilash vazifasi yuklatilgan.

Shundan kelib chiqib, maktabni ta’mirlash ishlariga amaliy yordam so‘rab Jomboy tuman hokimligiga xat chiqarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Open Budget

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing