“Open Budget”da g‘olib bo‘lmagan 1 309 ta loyihaga ham pul ajratiladi

Jamiyat

image

Prezident topshirig‘i bilan “Tashabbusli byudjet” jarayonlarining 2023 yil 1-mavsumida ishtirok etib, har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan 1 309 ta loyihani amalga oshirish uchun qo‘shimcha 1,3 trln so‘m mablag‘ ajratiladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, qo‘shimcha 1 182 ta mahalla bo‘yicha 4,3 mln nafar fuqaro ovoz bergan loyihalar amaliyotga tatbiq etiladi.

Shuningdek, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport muassasalarini ta’mirlash va moddiy texnika bazasini rivojlantirish hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha har biri 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib bo‘lmagan loyihalar tahlili o‘tkazilib, 2024 yil uchun byudjet so‘rovida ularni ta’mirlash, jihozlash va xarid qilish xarajatlarini ro‘yxatga kiritish ko‘zda tutiladi.

Natijada respublikadagi 164 ta maktab, 30 ta bog‘cha va 32 ta tibbiyot muassasalarida ta’mirlash, jihozlash va boshqa loyihalarda belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun 304,6 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.

Eslatib o‘tamiz, “Open Budget” loyihasining birinchi mavsumida 33 ming 680 ta tashabbus uchun 16 milliondan ortiq ovoz berilgan edi. Yakunda 1666 ta loyiha g‘olib deb topilgan. Ajratilgan byudjet 1 trillion 571 milliard 963 million so‘mni tashkil qilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

loyiha Open Budget

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing