Bir necha banklarga ogohlantirilish berildi

Jamiyat

image

Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistondagi bir necha tijorat banklariga ogohlantirilish berildi. Bu haqda Markaziy bankning Telegram kanalida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, qo‘mita tomonidan joriy yilning yanvar oyida 9 ta yig‘ilish o‘tkazilgan bo‘lib, ularda ruxsat berish tartiboti bilan bog‘liq va kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga doir jami 26 ta masala ko‘rib chiqilgan.

Ruxsat berish tartiboti yo‘nalishida o‘tkazilgan muhokamalar banklar tomonidan kelishish uchun taqdim qilingan hujjatlarni, jumladan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, litsenziyalash, davlat reyestridan chiqarish, dastlabki ruxsat berish hamda to‘lov tashkilotlarini reyestrga kiritish bilan bog‘liq masalalar ko‘rilgan.

Moliyaviy holatni ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishlarda esa kredit tashkilotlarida prudensial me’yorlar talablarining bajarilishi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalari, xususan, banklar va mikromoliya tashkilotlari faoliyatida mavjud xatarlar bo‘yicha o‘tkazilgan tematik o‘rganishlar natijalari hamda to‘lov tashkiloti faoliyati muhokama qilingan.

Qo‘mita tomonidan 2023 yilning yanvar oyi davomida aniqlangan qoidabuzarlik holatlari bo‘yicha banklar, nobank mikromoliya tashkilotlari va to‘lov tashkilotlariga nisbatan ta’sirchan choralar ko‘rilgan. 

Xususan:

•  tematik o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan, ya’ni moliyaviy yo‘qotishlarga qarshi zaxiralar yaratilmagani, kredit tavakkalchiliklarini kamaytirish bo‘yicha yetarli tahlillar olib borilmagani, muammoga aylanishi mumkin bo‘lgan kreditlarni erta aniqlash, vujudga kelishishi mumkin bo‘lgan kredit tavakkalchiliklarini kamaytirish bo‘yicha yetarli tahlillar olib borilmagani, kreditlar monitoringi, axborot tizimi va kredit qarzdorliklarini undirish ishlari talab darajasida tashkil etilmagani sababli O‘zmilliybank, Mikrokreditbank, Aloqabank, Turonbank, Qishloqqurilishbank va Asakabank ogohlantirilgan;

•  iqtisodiy sanksiyalar va eksportga taqiqlar bilan bog‘liq xatarlarni boshqarishga doir yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan banklar – Kapitalbank, Anorbank, Ravnaq-bank ogohlantirilgan;

•  “Cash U mikromoliya tashkiloti” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 4 va 6-moddalariga amal qilinmagan holda iste’molchiga xizmatlar haqida o‘z vaqtida to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot berilmagani va iste’molchilarning xizmat haqida to‘liq ma’lumot olish huquqi buzilgani sababli 30 mln so‘m jarima qo‘llanilgan.

Qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘z faoliyatini boshlamagani uchun “E-services House” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi olingan.


Maqola muallifi

Teglar

banklar ogohlantirilish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing