Bir kun osmonlarda birga to‘p teparmiz – Pele Maradonaning o‘limi haqida

Sport

image

Avvalroq, futbol afsonasi Diyego Maradona 60 yoshida yurak hurujidan vafot etgani haqida xabar bergan edik.

“Futbol qiroli” Pele futbol afsonasi Diyego Armando Maradonaning o‘limiga munosabat bildirdi. U yaxshi do‘stidan ayrilganini aytib o‘tgan.

“Qanday qayg‘uli xabar. Men yaxshi do‘stimni, dunyo afsonani yo‘qotdi. Hali ko‘p narsa aytish mumkin, lekin hozir oila a’zolariga sabr tilayman. Umid qilaman, bir kun osmonlarda birga to‘p teparmiz”, degan Pele.

Ma’lumot uchun, Diyego Maradona "Barselona", "Napoli", "Snvilya" safida to‘p surgan. 1977-1994 yillarda Argentina terma jamoasida o‘ynagan va 1986 yilda jahon chempioni bo‘lgan. 1990 yilda esa Jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. FIFA saytidagi ovoz berish natijasiga ko‘ra, XX asrning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Pele Diego Maradona

Baholaganlar

447

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing