Bir haftada necha marta fast-fud yeyish mumkin? 

Salomatlik

image

Sport diyetologi, nutritsiolog Irina Pisareva fast-fudni qanday vaqt oralig‘ida iste’mol qilish mumkinligi haqida ma’lumot berdi. 

"Agar siz bir kunda 80 foiz to‘g‘ri ovqatlansangiz, masalan, donli bo‘tqalar, oqsil, sabzavot, mevalar iste’mol qilsangiz, u holda 10-15 foiz noto‘g‘ri ovqatlanishingiz mumkin bo‘ladi", degan shifokor. 

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, bir hafta davomida to‘g‘ri parhezga rioya qilib, haftada bir yoki ikki porsiya fast-fud iste’mol qilish mumkin.

Pisarevaning ta’kidlashicha, kartoshka fri fast-fud mahsulotlari ichida eng zararli hisoblanadi. Chunki ularni qovurish jarayonida trans-yog‘lar hosil bo‘ladi.

Bunday turdagi fast-fud, ayniqsa, yuragida muammosi bo‘lgan odamlar uchun xavflidir. 

Bundan tashqari, mutaxassis muntazam ravishda trans-yog‘lar iste’mol qilish saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkinligini qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

fast-fud

Baholaganlar

161

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing