Toshkentda fast-fud sabab 10 oylik chaqaloqning ichagi olib tashlandi

Salomatlik

image

Toshkent shahrida lavash va kartoshka-fri yedirilgani uchun ichagi chirigan 10 oylik chaqaloq operatsiya qilindi. Bu haqda “Millar” dasturi xabar berdi.

Qayd etilishicha, olis viloyatdan Toshkent shahriga kelayotgan ona yo‘ldan tushlik uchun lavash va qovurilgan kartoshka sotib olgan. Ona yig‘lab, xarxasha qilgani uchun o‘ziga olgan fast-fudni og‘zida chaynab 10 oylik chaqalog‘iga ham yedirgan. Oradan ma’lum vaqt o‘tib, go‘dakning ahvoli og‘irlashgan.

Shifokorning bildirishicha, chaqaloqda ko‘p marotaba qayd qilish, ichidan qon ketish, qorni dam bo‘lish va doimiy og‘riqlar kuzatilgan. Endi ichak chirishi oqibatida bir nechta operatsiya bajarilishi kerak. Xususan, birinchi bosqichda chirigan qism olib tashlangan va ichak stomasi chiqarib qo‘yilgan. Ushbu stoma bilan chaqaloq 6 oycha yashab turadi, keyin yana operatsiya qilinadi va ichak tiklanadi.

Shuningdek, shifokorning aytishicha, chaqaloqlarga boshqa, masalan dumba yoki ko‘ksomsa berilganda ham ayanchli holatlar yuz bergan. Aslida esa 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ona suti bilan oziqlantirish to‘g‘ri bo‘ladi. 1 yoshdan o‘tgandan keyin esa qo‘shimcha ozuqa berish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tibbiyot fanlari doktori Xurshid Fozilov fast-fud, yog‘li va qovurilgan taomlar, gazli ichimliklar hamda shakar miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilish yoshlar orasida miokard infarktining ko‘payishiga sabab bo‘layotganini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

lavash fast-fud kartoshka-fri ichak chirishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing