Toshkent viloyatida 21 yoshli yigit mast erkakni urib, “uxlatib” qo‘ydi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bir yigit begona erkakni bir musht urib, hushidan ketkizib qo‘ygani tasvirlangan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining matbuot kotibi Bobur To‘laganov munosabat bildirdi.

Uning ma’lum qilishicha, ushbu holat joriy yilning 7 noyabr kuni Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani Yangi bozor hududida joylashgan fast-fudda sodir bo‘lgan. O‘sha kuni 21 yoshli A.Q. 26 yoshli B.T. bilan o‘zaro gap talashib qolgan va uning yuziga musht tushirgan, A.Q. esa zarba kuchidan hushini yo‘qotib, yiqilgan.

Shundan so‘ng, unga birinchi yordam ko‘rsatilib o‘ziga keltirilgan, biroq IIBga holat bo‘yicha hech qanday murojaat yoki xabar berilmagan. Ammo voqea aks etgan yozuvlar ijtimoiy tarmoqqa sizdirilgach, keng jamoatchilikning muhokamalariga sabab bo‘ldi. 

Shu bois, hozirda holat yuzasidan hududiy IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan. Fuqaroning tan jarohati yuzasidan ekspertiza tayinlangan. 

“Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, 26 yoshli B.T. shu kuni mastlik holatida bo‘lgan va u shoxobcha ichida o‘zi bilan janjallashgan shaxsni va boshqalarni turli so‘zlar bilan haqoratlagan”, deydi To‘laganov.


Maqola muallifi

Teglar

janjal Toshkent viloyati IIB fast-fud mast erkak Yuqori Chirchiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing