Samarqandda odamlar fast-fuddan zaharlandi
3-sahifa
−
15 Sentabr 2023
5892Samarqand viloyatida bir necha fuqarolar ovqatdan zaharlandi. Bu haqda Sanepidqo‘mita xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyatdagi Pastdarg‘om tumanidagi fast-fud sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Merals” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyatiga chek qo‘yilgan.
Joriy yilning 13 sentyabr kuni bir nechta fuqarolar tuman tibbiyot birlashmasiga ko‘ngil aynishi, qayd qilishi va boshqa og‘riqlar bilan murojaat qilgan.
Holat o‘rganilganda ushbu fuqarolar Pastdarg‘om tumanidagi “Merals” MCHJdan fast-fud iste’mol qilgani aniqlangan.
Hozirda mazkur holat Sanepidqo‘mita tomonidan to‘liq nazoratga olinib, surishtiruv va o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Angren shahridagi 3 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining jami 18 nafar tarbiyalanuvchisi diareya bilan shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgandi. Shundan so‘ng, ushbu bog‘cha yopildi.