Angrenda 18 nafar bog‘cha bolalarining shoshilinch shifoxonaga yotqizilganiga munosabat bildirildi
Jamiyat
−
15 Sentabr 2023
5238Avvalroq Toshkent viloyati Angren shahridagi 3 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining jami 18 nafar tarbiyalanuvchisi diareya bilan shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgandi. Holatga Sanepidqo‘mita munosabat bildirdi.
Angren shahar shifoxonasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga 2023 yilning 13 sentyabr kuni soat 14:00 dan boshlab 14 sentyabr kuni soat 21:00 ga qadar shahardagi 10-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan bolalar ko‘ngil aynishi, qayd qilish, tana haroratining ko‘tarilishi, tez-tez ich kelishi kabi shikoyatlar bilan murojaat qilgan.
Ulardan 24 nafari “ovqatdan zaharlanish yoki oshqozon faoliyatining funksional buzilishi” birlamchi tashxisi bilan yotqizilgan, 7 nafariga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga ruxsat berilgan.
Sanepidqo‘mita xodimlari tomonidan laborator tekshiruvlar uchun yuqumli kasalliklar bo‘limiga murojaat qilgan bemorlardan hamda, bog‘cha omborxonasida saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olingan.
Mazkur bog‘chaning 240 nafar tarbiyalanuvchilari shifokorlar tomonidan to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, maktabgacha ta’lim tashkilotining ish faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgan.
Holat Sanepidqo‘mita tomonidan to‘liq nazoratga olingan.
LiveBarchasi