Angrenda 80 mln sömga yaqin qalbaki pul tayyorlaganlar uşlandi (video)
3-sahifa
−
08:08 597 2 daqiqa
Toşkent viloyatining Angren şahrida qalbaki pul tayyorlaş va uni muomalaga kiritiş bilan şuğullangan ikki nafar şaxs qölga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari viloyat Içki işlar boş boşqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazgan. Unda Angren şahrida yaşovçi, 1993 yilda tuğilgan fuqaro 1997 yilda tuğilgan tanişi bilan til biriktirib, şahardagi köp qavatli uylardan biridagi xonadonni ijaraga olgani va şu yerda qalbaki pul tayyorlagani aniqlangan.
Xonadonni közdan keçiriş jarayonida yarim tayyor holatdagi 100 va 200 ming sömlik kupyuralardan iborat jami 79,8 mln sömlik qalbaki pullar topilgan. Şuningdek, rangli printer, uning böyoqlari va kanselyariya jihozlari aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.
Qayd etilişiça, qölga olingan har ikki şaxs muqaddam ham sudlangan bölgan.
Bildirilişiça, holat yuzasidan ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi ( Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qoğozlar yasaş, ularni ötkaziş) 2-qismi “v“ bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Buxoro viloyatida öz uyida 2 ming sömlik qalbaki banknotalarni va giyohvandlik vositalarini saqlagan şaxs qölga olingandi.
Live
BarchasiFloridada samolyot halokatga uchradi
02 Noyabr