Andijonda 297 mln so‘mlik qalbaki pullarni sotgan fuqaro ushlandi (video)
3-sahifa
−
08:57 692 1 daqiqa
Andijon viloyatida 297 million so‘mlik qalbaki pullarni 148 mln so‘mga sotgan fuqaro ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar va Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda uy sharoitida qalbaki pullarni tayyorlash va muomalaga kiritish bilan shug‘ullangan shaxs fosh etilgan.
Jumladan, Asaka tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan, muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan fuqaro jami 297 mln so‘mlik qalbaki pullarni 148 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, uning yashash xonadonlari ko‘zdan kechirilgan. Natijada u yerda qalbaki banknotlar tayyorlashda foydalanilgan kompyuter, printer, “A4” hajmdagi maxsus qog‘ozlarga chop etilgan yarim tayyor 50 va 100 ming so‘mlik kupyuralar hamda qog‘oz kesuvchi uskunalar aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Hozirda DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi tomonidan mazkur fuqaro va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov doirasida uning jinoiy aloqalarini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda 51,5 mln so‘m qalbaki pulni sotayotganlar qo‘lga tushgan edi.
Live
Barchasi