Qalbaki 7400 dollarni 44 mln so‘mga sotganlar qo‘lga tushdi

3-sahifa

−

image

Samarqand viloyatida qalbaki 7400 dollarni 44 mln so‘mga sotayotganlar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qalbaki xorijiy valyutani muomalaga kiritishga uringan shaxslar qo‘lga olingan.

Xususan, Toyloq tumanida yashovchi, 1996, 2002 va 2003 yillarda tug‘ilgan 3 nafar fuqaro 100 AQSH dollari nominalidagi qalbaki banknotlardan iborat jami 7400 AQSH dollarini shartli xaridorga 44 mln so‘mga sotgan vaqtida ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilgan.

Aniqlanishicha, qonunbuzarlarning 2 nafari muqaddam sudlangan bo‘lib, qalbaki kupyurlar esa Turkiyadan olib kelingan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, ushbu noqonuniy ishga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida 297 million so‘mlik qalbaki pullarni 148 mln so‘mga sotgan fuqaro ushlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing