Farg‘onada fast-fuddan zaharlanishda gumonlanganlar soni oshdi
3-sahifa
−
08:41 1015 1 daqiqa
Avvalroq, Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolardan 31 kishi fast-fuddan ehtimoliy zaharlanish sabab holsizlik, ko‘ngil aynishi va ich ketishi kabi shikoyatlar bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu holat bo‘yicha shifoxonaga murojaat qilganlar soni ko‘paydi. Bu haqda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 18 sentyabr soat 20:00 holatiga ko‘ra, 57 nafar fuqaro tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan va shifoxonaga yotqizilgan.
Dastlabki epidemiologik surishtiruv jarayonida murojaat qilgan fuqarolar Uchko‘prik tumani Navro‘zshoh ko‘chasida joylashgan fast-fud mahsulotlari tayyorlaydigan shoxobchalardan birida xot-dog va non-burger kabi mahsulotlarni iste’mol qilgani aniqlangan.
Bildirilishicha, shifokorlar tomonidan bemorlarda ovqatdan zaharlanish holati gumon qilingan. Og‘ir va reanimatsion bemorlar yo‘q. Holat yuzasidan epidemiologik surishtiruv ishlari davom etmoqda. Tadbirkorlik sub’ektining faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtinchalik to‘xtatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘ka tuman sudida 2025 yil sentyabr oyida Bekobod, Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on, Piskent va Quyi Chirchiq tumanlarida maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining zaharlanish holatlariga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni tugab, 11 kishiga hukm o‘qilgan edi.
Live
Barchasi