Samarqandda fast-fuddan zaharlangan fuqarolar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi
3-sahifa
−
15 Sentabr 2023
4955Avvalroq Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida bir necha fuqarolar ovqatdan zaharlangani haqida xabar berilgan edi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Samarqand viloyat boshqarmasi mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlarni ochiqladi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 14 sentyabr kuni soat 13:50 dan soat 17:00 ga qadar Pastdarg‘om tumanida yashovchi 5 nafar fuqaro ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ich ketishi, qorin sohasidagi og‘riq, tana haroratining ko‘tarilishi kabi shikoyatlar bilan tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga murojaat qilgan.
Shifokorlar ko‘rigidan so‘ng bemorlar “O‘tkir gastroentirit-ovqatdan zaharlanish” birlamchi tashxisi bilan yuqumli kasalliklar bo‘limiga o‘rta og‘ir ahvolda yotqizilgan.
Bemorlarning beshalasi ham joriy yilning 12 sentyabr kuni soat 13:00-16:00 lar oralig‘ida Pastdarg‘om tumani Juma shahri “Amir Temur” mahallasida joylashgan “T.A.A.” oilaviy korxonasiga qarashli “Merals” savdo shoxobchasidan fast-fud iste’mol qilgani ma’lum bo‘lgan.
“Hozirda ushbu savdo shoxobchasining faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgan. Mutaxassislar tomonidan tekshirilmoqda. O‘tkazilgan tekshirish va laboratoriya tahlil natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Angren shahridagi 3 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining jami 18 nafar tarbiyalanuvchisi diareya bilan shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgandi. Shundan so‘ng, ushbu bog‘cha yopildi.
LiveBarchasi