Bill Geytsning rafiqasi erining qancha boyligini qo‘lga kiritishi ma’lum bo‘ldi

Olam 18683
image

Microsoft asoschisi Bill Geytsning rafiqasi Melinda eri bilan ajrashgach, 1,8 mlrd dollarga teng qimmatli qog‘ozlarga ega bo‘ladi. Bu haqda “Bloomberg” yozmoqda.

Melinda Kanada milliy temir yo‘l kompaniyasining 1,5 mlrd dollarlik va AQSHdagi eng yirik avtodiler Autonation’ning 300 mln dollarlik aksiyalarini qo‘lga kiritadi.

“Forbes” Bill Geytsning boyligini 124 mlrd dollarga teng deb baholayapti. Biznesmen boyliklarining bir qismini Cascade Investments jamg‘armasi orqali boshqaradi. Jamg‘arma kam miqdordagi mablag‘ini Melindaga o‘tkazgan va endilikda uning hisobida 50 mlrd dollar qolgan. Ta’kidlanishicha, mulklarni taqsimlash hali yakuniga yetmagan.

Eslatib o‘tamiz, Bill Geyts hafta boshida turmush o‘rtog‘i bilan ajrashishini e’lon qildi. Ular 27 yillik turmushi davomida 3 farzandni tarbiyalab, dunyo bo‘ylab faoliyat yurituvchi xayriya fondini tashkil qildi. Juftlik 1994 yilda Gavayya orollarida turmush qurgan.

Ma’lumot uchun, Amazon rahbari Jeff Bezos turmush o‘rtog‘i Makkenzi bilan ajrashganiga milliarderning 38,3 mlrd dollarlik aktivlari rafiqasiga o‘tgandi.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 937
Reyting: 3
Teglar
t
×