Betakror iste’dodga berilgan adolatli baho – “futbol qiroli” Messini tabrikladi
Sport
−
30 noyabr 2021
3614Avvalroq, argentinalik futbolsi Lionel Messi yettinchi bor “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.
Afsonaviy braziliyalik futbolchi Pele o‘zining Instagram sahifasida Lionel Messini navbatdagi bor ushbu mukofotni qo‘lga kiritgani bilan tabrikladi.
“Lionel Messini navbatdagi “Oltin to‘p” bilan tabriklayman. Albatta, bu uning betakror iste’dodiga berilgan adolatli bahodir. Yettinchi marta, katta rahmat”, deya yozib qoldirgan Pele.
PSJ futbolchisi mukofotni “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski 33 ta ovoz bilan ortda qoldirgan holda qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik uchun bu mukofot faoliyatidagi yettinchisi bo‘ldi. Ushbu natija mutlaq rekorddir. 5 karra “Oltin to‘p” sohibi hisoblangan “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu ovoz berish yakunlariga ko‘ra 6-o‘rinni egalladi va so‘nggi 11 yil ichida birinchi marta kuchli beshlikdan tushib qoldi.
Ma’lumot uchun, Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Jan-Per Papen “Oltin to‘p” obrosini saqlab qolish uchun uni Lionel Messiga bermaslik kerakligini aytib o‘tgan edi