“Beshiktosh” muxlislari jamoa murabbiyiga aql o‘rgatyapti

Sport

image

Turkiyaning “Beshiktosh” klubi muxlislari jamoa bosh murabbiyi portugaliyalik Fernandu Santushdan norozi bo‘lmoqda.

Gap shundaki, ishqibozlar qozog‘istonlik yarim himoyachi Baxtiyor Zaynutdinov maydonda egallayotgan pozitsiyasi bo‘yicha e’tiroz bildirmoqda.

Muxlislarning fikricha, Istanbul jamoasi maydon markazida muammolarga duch kelmoqda va shuning uchun ular Zaynutdinov o‘zini qulay his qiladigan markaziy yarim himoyada o‘ynashini talab qilmoqda, Santush esa futbolchini o‘yinlarda orqada, himoyachi sifatida o‘ynatyapti.

Ijtimoiy tarmoqlarda turkiyalik futbol muxlislari tomonidan Zaynutdinov haqida “U markaziy himoyachi sifatida o‘ynay olmaydi”, “Nega Baxtiyor  Zaynutdinov markaziy himoyachi sifatida o‘ynashga majbur qilinyapti?”, “Yarim himoyada o‘ynay oladigan futbolchilar orasida Zaynutdinov eng yaxshi qobiliyat va o‘yinga ega, nega u himoya markazida o‘ynashi kerak?”, degan fikrlar bildirilgan.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli futbolchi joriy mavsum Turkiya chempionatida 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va hali gol urgani yo‘q. Undan tashqari Zaynutdinov chempionat bahslarida sheriklariga golli uzatma ham bermadi. Uning Istanbul klubi bilan shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

Beshiktosh Fernandu Santush Baxtiyor Zaynutdinov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing