“Barselona” yulduziga bir qancha da’vogarlar paydo bo‘ldi
Sport
−
16 yanvar
6857Kataloniyaning “Barselona” klubi vingeri Ansu Fatiga Yevropaning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Diario Sport” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Fatini ayni damga kelib, “Tottenxem”, “Vest Xem” va “Beshiktosh” kabi klublar ijaraga olmoqchi. Qayd etilishicha, “Vest Xem” jarohat olib, safdan chiqqan Niklas Fyulkurg va Maykl Antonioning o‘rnini ispaniyalik futbolchi bilan to‘ldirmoqchi. O‘z navbatida “shporlar” tarkibida u qadar jiddiy muammo yo‘q, ammo Shimoliy London derbisida “Arsenal”dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin Fati variantini sinchiklab o‘rganmoqchi. “Beshiktosh” esa nafaqat jamoa saviyasini ko‘taribgina qolmay, balki ommaviy axborot vositalarida muhim o‘rin tutadigan futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Fati avvalroq, “Barsa”ning Ispaniya Superkubogi doirasidagi ikki o‘yin va Ispaniya kubogida “Betis”ga qarshi bahsda qaydnomaga kiritilmagandi. Ta’kidlanishicha, futbolchi takliflardan birini qabul qilishi kerak, chunki Pau Viktor allaqachon La Liga ro‘yxatidan o‘tgan va Markus Reshford jamoaga kelsa, uning o‘yin amaliyotisiz qolib ketish ehtimoli katta.
Ma’lumot o‘rnida, klubning 10-raqam egasi “Barselona” safiga 2020 yilda kelib qo‘shilgan va uning amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar mo‘ljallangan. Fatining narxi “Transfermarkt” portalida 10 million yevroga baholangan.
LiveBarchasi
O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh yasayapti.
17 yanvar