“Manchester Yunayted” sobiq murabbiyi Turkiyada ish boshlaydi (foto)

Sport

image

Norvegiyalik mutaxassis Ole Gunnar Sulsher Turkiyaning “Beshiktosh” murabbiyiga aylandi. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Manchester Yunayted” sobiq ustozi Ole Gunnar Sulsher Istanbulning “Beshiktosh” klubida faoliyatini davom ettiradi. Tomonlar 2026 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi. Bungacha istanbulliklar ustozi Jovanni Van Bronxorst edi. Jamoaning niderlandiyalik mutaxassis bilan natijasi yomonlashgani uchun Sulsher olib kelindi.

Ma’lumot o‘rnida, norvegiyalik murabbiy 2019 yildan 2021 yilgacha “Manchester Yunayted”da faoliyat olib borgan. Shundan buyon u birorta klubda ishlamadi. “Beshiktosh” Turkiya chempionatida ayni damga kelib, 18 turdan so‘ng 30 ochko to‘plab, 6-o‘rinni qayd etib kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Beshiktosh Ol'e Gunnar Sul'sher

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing