Besh mamlakat Erondan tovon puli talab qildi

Olam

image

Kanada, Afg‘oniston, Buyuk Britaniya, Shvetsiya va Ukraina rasmiylari Erondan “Ukraina xalqaro havo yo‘llari” aviakompaniyasining halok bo‘lgan yo‘lovchilarining oilalariga kompensatsiya to‘lashni talab qilyapti. Bu haqda Kanada Tashqi ishlar vaziri Fransua-Filipp Shampan aytib o‘tdi.

"Biz Eron zudlik bilan qurbonlarning oilalariga xalqaro me’yorlarga muvofiq tovon puli to‘lashini talab qilamiz", deydi u. Shuningdek, vazir tovon puli hamma uchun bir xil bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan.

Avvalroq,  joriy yilning 8 yanvar kuni “Ukraina xalqaro havo yo‘llari” aviakompaniyasining Tehron-Kiyev yo‘nalishida uchgan Boeing-737 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragandi. Natijada havo laynerida bo‘lgan 176 kishi halok bo‘ldi.

Oradan uch kun o‘tib Eron harbiylari samolyot inson xatosi tufayli raketa bilan urib tushirilganini tan oldi. Eron AQSHdan hujum kutayotgani va samolyot harbiy ob’ekt yaqinidan uchgani uchun “dushman” deb urib tushirilgani aytildi.

Ukraina Prezidenti rasmiy Tehrondan aybini to‘liq tan olishi, qurbonlar oilasiga kompensatsiya to‘lashi va aybdorlarni jazolashini talab qildi. Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy bu talablarning barchasini qabul qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron

Baholaganlar

201

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing