Besh karra Olimpiada chempioni yong‘in sabab medallaridan mosuvo bo‘ldi

Sport

image

Suzish bo‘yicha 5 karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Garri Xoll-Junior Los-Anjelesdagi tabiiy ofat vaqtida o‘z uyidan va medallaridan ayrildi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, to‘rt kundan buyon davom etayotgan Kaliforniya shtatining Los-Anjeles shahridagi yong‘in oqibatida 11 ming gektar maydon va 2 mingdan ortiq bino zarar ko‘rdi. Shu qatori suzuvchi Garri Xoll-Junior ham uyi yong‘inda qolib, anchagina moddiy zarar ko‘rdi. Uyi va medallari yonib kul bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, amerikalik suzuvchi Atlantadan Afinagacha bo‘lgan ketma-ket uchta Olimpiya o‘yinlarida oltin medallarni qo‘lga kiritgandi. 

Eslatib o‘tamiz, yong‘in oqibatida 19 yanvarga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan UFC 311 turniri ham o‘tkazilmaslik yoki boshqa shaharga ko‘chirilish xavfi ostida qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiada Los-Anjeles Garri Xoll-Junior

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing