Berlin osmonida asteroid portladi (video)

Olam

image

21 yanvarga o‘tar kechasi Berlin osmonida kichik asteroid portladi. Bu haqda “Spiegel” nashri Yevropa kosmik agentligi (EKA) xodimi, sayyorani asteroid zarbalaridan himoya qilish bo‘limi rahbari Richard Moyslga tayanib, xabar berdi. 

Nashrning yozishicha, EKA mutaxassislari asteroid Yerdagi hayot uchun xavf tug‘dirmasligiga ishonch hosil qilgan.

Birinchi samoviy jismni vengriyalik astronom Kristian Sarnetskiy topib, uni 20 yanvar kuni kechqurun Brandenburg uzra yozib olgan. Shunday qilib asteroid Sarnetskiy nomini oldi. Osmon jismining diametri bir metrga baholanadi.

Kembrijdagi Kichik sayyoralar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, asteroid Germaniya vaqti bilan soat 1:32 da Berlindan janubi-g‘arbda parchalangan. Uning porlashi Leypsig va Pragada kuzatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Berlin asteroid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing