Berlin hayvonot bog‘ida egizak pandalar tug‘ildi

Bu qiziq

image

Berlin hayvonot bog‘ining yulduzi bo‘lgan Meng Meng laqabli ulkan panda ikkinchi marta egizak farzand dunyoga keltirdi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.

 Qayd etilishicha, panda bolalari kecha, 22 avgust kuni tug‘ilgan. Ularning vazni 169 va 136 gramm, bo‘yi taxminan 14 santimetr.

“Ikkala bolaning ahvoli yaxshi, onasi va tajribali pandalar jamoasi ularga kechayu-kunduz mehr bilan g‘amxo‘rlik qilishmoqda", deyiladi hayvonot bog‘i bayonotida.

11 yoshli Meng Meng 2019 yil avgust oyida ham egizaklar tuqqan. U 26 mart kuni sun’iy urug‘lantirilgan, tug‘ilishdan 11 kun oldin ultratovush tekshiruvida ikki yurakning urishi aniqlangan.

Hayvonot bog‘ining ta’kidlashicha, odatda yirik pandalar egizak tuqqanlarida faqat bitta bolaga qaraydi, shuning uchun Xitoyning Chengdu shahridagi yirik pandalarni yetishtirish bo‘yicha tadqiqot bazasining ikki mutaxassisi Meng Mengning bolalariga g‘amxo‘rlik qilishini qo‘llab-quvvatlab turadi.

Kichkintoylar sut ichish uchun har ikki-uch soatda onalari bilan birga bo‘lishadi va Berlin shifoxonasi tomonidan sovg‘a qilingan inkubatorda parvarish qilinadi.

Ona-bolalar dastlabki bir necha oyni panda omborida o‘tkazadi va hozircha hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilarga ko‘rsatilmaydi.

Ma’lumot uchun, Meng Meng va pandalarning otasi Jiao Qing 2017 yilda Xitoy bilan kredit shartnomasi doirasida Berlinga olib kelingan. Ularning birinchi Men Szyan va Men Yuan, shuningdek, Pit va Paule laqablari bilan ham tanilgan egizaklari 2023 yilda Xitoyga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Berlin egizak pandalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing