Berlin o‘rmonidan sovet bombalari topildi
Olam
−
12:19 2744 1 daqiqa
Germaniya poytaxti Berlinning Pankov tumanidagi o‘rmonda sayr qilib yurgan kishi shubhali buyumni – sovet artilleriyasiga tegishli bo‘lgan 59 ta snaryadlarni topib oldi. Bu haqda Berlin politsiyasi xabar qildi.
Hodisa joyiga Davlat jinoyat-qidiruv boshqarmasi (LKA)ning maxsus bo‘linmalari jalb qilingan. Tekshiruv davomida mutaxassislar kutilmagan topilmaga duch kelgan. Ular yer ostida ko‘milgan Ikkinchi jahon urushi davriga tegishli 59 ta portlamagan sovet artilleriyasining snaryadlarini topgan.
Ularning har biri 122 millimetr kalibrga ega bo‘lgan. Topilgan o‘q-dorilarning umumiy og‘irligi taxminan 1,5 tonnani tashkil etgan.
“Pankov o‘rmonlarida faqat yog‘ochlar yotmagan ekan”, deb yozgan Politsiya Facebook sahifasida hodisaga hazilomuz munosabat bildirib.
Shu bilan birga, politsiya vaziyat aholi uchun xavf tug‘dirmaganini ta’kidlagan. O‘q-dorilarni olib chiqish maxsus operatsiya orqali amalga oshirilgan. Mutaxassislar har bir snaryadni alohida xavfsiz holatga keltirib, keyinchalik yo‘q qilish uchun hududdan olib chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyaning Parij shahri shimolidagi Kolomb hududida Ikkinchi jahon urushidan qolgan bomba topilishi sababli minglab aholi evakuatsiya qilingan edi.
Live
Barchasi