Berdimuhamedovning Tojikistonga safari qoldirildi

Olam

image

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov buvisining vafoti sabab joriy yilning 10-11 aprel kunlari Tojikistonga rejalashtirilgan tashrifini qoldirdi. Bu haqda bugun, 8 aprel kuni Tojikiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, nafaqat Prezident tashrifi, balki bugun, 8 aprel kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Tojikiston va Turkmaniston ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishi va ertaga, 9 aprel kuniga rejalashtirilgan ikki davlat tadbirkorlarining biznes-forumi ham bekor qilingan. 

Kecha, 7 aprel kuni esa Tojikiston rahbari Imomali Rahmon Turkmaniston Xalq maslahati (Xalq kengashi) raisi, respublikaning amaldagi prezidentining otasi Gurbanguli Berdimuhamedovga onasi O‘g‘ulobod Berdimuhamedovaning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan.

Ma’lumot uchun, O‘g‘ulobod Berdimuhamedova 1937 yil 15 iyunda Ashxoboddan 20 km uzoqlikda joylashgan Babarap qishlog‘ida tug‘ilgan. U olti nafar farzandni tarbiyalagan. 2018 yilda Gurbanguli Berdimuhamedov onasi haqida “Onaga sajda qilish – ziyoratgohga sig‘inish” kitobini yozgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘g‘ulobod Berdimuhamedova 86 yoshida vafot etgan edi. O‘lim sanasi esa ochiqlanmagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston Serdar Berdimuhamedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing