Berdimuhamedov sobiq raqibini ishdan bo‘shatdi

Olam

image

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Annageldi Yazmiradovni vaqtincha Turkmaniston suv resurslari bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod qildi. Bu haqda Turkmenportal xabar bermoqda.

Tegishli farmon kecha, 24 sentyabr kuni videoselektor yig‘ilishida imzolangan. 
Turkmaniston Prezidentining farmoni bilan Suv resurslari bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi vazifalarini vaqtincha bajarish Yazmiradovning o‘rinbosari Joshmirat Sedekovga topshirildi.

Ma’lumot uchun, 2012 yilda Yazmirodov navbatdagi Prezidentlik saylovlarida Berdimuxamedovning raqiblaridan biri bo‘lgan va 1,07 foiz ovoz olib, ikkinchi o‘rinni egallagan. Yazmirodovni vaqtincha ishdan bo‘shatish sabablari haqida xabar berilmagan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston ozod qildi

Baholaganlar

96

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing