Berdimuhamedov Orol dengiziga oid farmonni imzoladi

Olam

image

Turkmanistonda Orol dengizi bo‘yicha 2021-2025 yillar uchun milliy dastur ishlab chiqiladi. Turknmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tegishli farmonni imzoladi.

Hujjat “Orol dengizi mintaqasidagi ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik vaziyatni yaxshilash, uning salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida” imzolangan.

Farmonga muvofiq, mamlakatda Turkmanistonning Orol dengizi bo‘yicha 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan milliy dasturini ishlab chiqish va uning bajarilishini nazorat qilish uchun Idoralararo komissiya tuzildi. Shuningdek, 2021–2025 yillarda Turkmanistonning Orol dengizi bo‘yicha milliy dasturining konsepsiyasi, yuqorida qayd etilgan idoralararo komissiyaning tarkibi va u to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.

Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida Bosh vazir o‘rinbosari Rashid Meredov Orol dengizi milliy dasturi konsepsiyasi mamlakat miqyosida ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni belgilab beradi. Hujjat Orol viloyatida qulay yashash sharoitlarini yaratish, suv resurslaridan foydalanishni takomillashtirish, o‘rmon ho‘jaliklarini tashkil etish, bioxilma-xillikni muhofaza qilish kabi vazifalarni qamrab olgan.

Shuningdek, Orol dengizi mintaqasida iqtisodiy farovonlikni oshirish, maxsus sanoat zonasini yaratish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yerlardan foydalanishning zamonaviy usullarini joriy etish choralari ko‘zda tutilgan.

Berdimuhamedov ushbu yo‘nalishda qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun jahon hamjamiyatining ko‘magi, yaxlit xalqaro yondashuv, Birlashgan Millatlar Tashkilotining bu ishda faol ishtirok etishi zarurligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Gurbanguli Berdimuhamedov Orol dengizi

Baholaganlar

935

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing