Benzema terma jamoani tark etmaydi
Sport
−
24 noyabr 2021
3706Avvalroq, Versal sudi Benzemani aybdor deb topib, uni shartli ravishda bir yil qamoq jazosi va 75 ming yevro miqdorida jarimaga tortgani haqida xabar bergan edik.
Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti Noel Le Grey Fransiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Mate Valbuenani shantaj qilish bo‘yicha sud qaroriga izoh berdi va bu “Real” hujumchisi Karim Benzemani terma jamoaga chaqirishga salbiy ta’sir qilmasligini aytib o‘tdi.
“Hech narsa o‘zgarmadi. Vaziyat achinarli bo‘lsa-da, u terma jamoa safiga chaqiriladi. Benzema bir necha yil Fransiya terma jamoasida o‘ynamadi. Men uchun bu jazo hech narsani o‘zgartirmaydi. Uni terma jamoaga chaqirish mumkin chunki bunga Karimning huquqi bor. Inson xato qilishi, jazolanishi va yana o‘z ishiga qaytishi mumkin. Agar Desham uni tarkibga chaqirsa, federatsiya bunga qarshi bo‘lmaydi”, deydi prezident.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilda jinoyatchilar guruhi Valbuena ishtirokidagi videolavhani qo‘lga kiritgan va futbolchidan “shantaj” yordamida pul undirishga harakat qilgan edi. Benzema esa o‘sha lavhani jinoyatchilar qo‘liga tushishida vositachilik qilishda gumonlanayotgan edi.
Ma’lumot uchun, ushbu jarayonlar tufayli har ikki futbolchi ham Yevro-2016 uchun terma jamoaga chaqirilmagan. Benzema joriy yildagina “uch ranglilardan chaqiruv oldi. Shu sababli u 2018 yilgi Jahon chempionati g‘olibligidan “quruq qolgan”.
LiveBarchasi