Benzema “Real”dan ketganining sababini aytdi
Sport
−
04 aprel
2047Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi hujumchisi Karim Benzema nima uchun 2023 yilda “Real”ni tark etishga qaror qilganini aytdi.
“Nega men “Real”ni tark etdim? Chunki bu klub bilan hammasiga erishdim. “Real Madrid”ga yosh paytimda kelganman va ko‘plab sovrinlar yutib, “Oltin to‘p” sohibi sifatida ketganman. Mening barcha orzularim ro‘yobga chiqdi”, deydi Benzema.
36 yoshli Karim Benzema Saudiya Arabistoni klubiga 2023 yilning yozida erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 25 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 8 million yevroni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Benzema “Real” va hozirgi klubi o‘rtasidagi farqlar haqida to‘xtalgandi.
LiveBarchasi