Benzema yana O‘zbekistonga keladigan bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 28 dekabr kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur shahridagi Osiyo futbol konfederatsiyasi bosh qarorgohida Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL) pley-off bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, Qarshining “Nasaf” klubi BAAning “Al-Ayn”iga qarshi bahs olib boradi. Namanganning “Navbahor” jamoasi esa fransiyalik mashhur futbolchi Karim Benzema sardorligidagi “Al-Ittihod”ga qarshi o‘yin o‘tkazadi. 

Qur’a natijalari:

  • “Nasaf” – “Al-Ayn”;
  • “Al-Fayha” – “Al-Nasr”;
  • “Sepaxon” – “Al-Hilol”;
  • “Navbahor” – “Al-Ittihod”.

Ta’kidlash joiz, Benzema noyabr oyi oxirida ham O‘zbekistonga kelgandi. Futbolchi OCHL guruh bosqichi doirasida OKMKga qarshi o‘yinda maydonga tushgan.

Nimchorak final bahslari 12-13 fevral va 19-20 fevral sanalarida o‘tkaziladi. Shu tariqa “Nasaf” – “Al-Ayn” juftligi g‘olibi “Al-Fayha” – “Al-Nasr” juftligida g‘alaba qozongan jamoaga qarshi bahs olib boradi. Bu degani “Nasaf” chorak finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritsa va narigi juftlikda “Al-Nasr”ning qo‘li baland kelsa portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kelishi deyarli aniq bo‘ladi. “Sepaxon” va “Al-Hilol” o‘rtasidagi bahsda zafar quchgan jamoa “Navbahor” – “Al-Ittihod” o‘yini g‘olibi bilan to‘qnashadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Benzema

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing