“Benfika” futbolchisi Mbappe va Vinisiusni sudga bermoqchi

Sport

image

Portugaliyaning “Benfika” jamoasi yarim himoyachisi Janluka Prestianni Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi uchrashuvda yuzaga kelgan irqchilik mojarosi bo‘yicha tergov davom etayotgan bir paytda “Real Madrid” hujumchilari Kilian Mbappe va Vinisius Juniorga qarshi sudga da’vo arizasi kiritmoqchi. Bu haqda “El Chiringuito” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi Yevropa futbol uyushmasi, Xalqaro futbol federatsiyasi hamda Portugaliya sud organlariga rasmiy shikoyat yuborishni rejalashtirmoqda. Prestianni voqea yuzasidan keng qamrovli tergov o‘tkazilishi va barcha ishtirokchilar javobgarlikka tortilishini talab qilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, joriy yilning 18 fevral kungi “Benfika” va “Real Madrid” jamoalari o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda Prestianni og‘zini futbolkasi bilan yopgan va Vinisius Juniorni haqorat qilgan. Bu esa videoyozuvlar orqali aytilgan so‘zlarning aniq mazmunini aniqlashni qiyinlashtirgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UEFA ushbu holat yuzasidan tergov davom etayotganini va shu bilan birga Janluka Prestianni Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasidagi “Real Madrid”ga qarshi javob uchrashuvini o‘tkazib yuborishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Mbappe Vinisius Junior “Benfika” Janluka Prestianni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing