Rasman! Vinisius “El-Klasiko”ni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi
Sport
−
09:56 745 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior Ispaniya chempionatining 8-turida “Vilyarreal”ga qarshi uchrashuvda (1:0) qizil kartochka olgani uchun “Barselona”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan “El-Klasiko”ni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) intizom qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Braziliyalik futbolchi “Vilyarreal” yarim himoyachisi Neytan Salibani sochidan ushlab olgani uchun maydondan chetlatilgandi. Futbolchining ushbu ishi uchun federatsiya 4 ta o‘yinlik diskvalifikatsiyani e’lon qildi.
Shu tariqa, Vinisius “Sevilya” (18 oktyabr), “Barselona” (25 oktyabr), “Rasing” (1 noyabr) va “Valensiya” (7 noyabr) jamoalariga qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.
Ispaniya chempionatining sakkiz turidan so‘ng “Real” 18 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. “Barselona” 24 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. “Atletiko Madrid” va “Betis” esa 19 ochkodan jamg‘argan holda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallab turibdi.
“Barselona” va “Real Madrid” ishtirokidagi “El-Klasiko” uchrashuvi joriy yilning 25 oktyabr kuni Kataloniyadagi “Kamp Nou” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli Vinisius joriy mavsumda “Real” safida barcha musobaqalarda to‘qqizta uchrashuvda maydonga tushib, bir gol va uchta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Live
Barchasi