Benazir Bxuttoning eri Pokiston Prezidenti bo‘ldi
Olam
−
09 mart
15828Pokiston Xalq partiyasi hamraisi Osif Ali Zardoriy Pokistonning yangi Prezidenti etib saylandi va ikkinchi marta davlat rahbari bo‘ldi. Bu haqda “Dawn” gazetasi Pokiston saylov komissiyasiga tayanib, xabar berdi.
Zardoriy Pokistondagi hukmron koalitsiyadan yagona nomzod bo‘lib, uning tarkibiga, xususan, uning o‘g‘li Bilaval Bxutto Zardoriyning Pokiston Xalq partiyasi ham kiradi. Saylovlar davomida u Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xonning “Tahrik-e-Insof” partiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan muxolifat nomzodi Mahmud Xon Achakzayni mag‘lub etdi. Ovoz berish jarayonida 68 yoshli Zardoriy 411, uning raqibi Mahmud Xon esa 181 ovoz olgan.
Ma’lumot uchun, Zardoriy 2008 yildan 2013 yilgacha ham prezidentlik kursisini egallagan va mustaqillikdan keyin tug‘ilgan birinchi prezident hisoblanadi. Joriy yilning 10 mart kuni, ertaga uning qasamyod qilishi rejalashtirilgan.
Qolaversa, u Pokistonning ikki marta saylangan Bosh vaziri va musulmonlar yashovchi mamlakatda demokratik hukumat boshchiligiga tayinlangan birinchi ayol rahbar Benazir Bxuttoning turmush o‘rtog‘idir. Zardoriy 2018 yilning avgust oyidan buyon Pokiston Milliy Assambleyasi a’zosi ham hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 9 avgust kuni o‘sha paytdagi Prezident Orif Alvi konstitutsiyaning 58-1-moddasiga muvofiq, Bosh vazir maslahati bilan Milliy assambleyani tarqatib yuborgandi. Bu bilan Shahboz Sharif hukumati vakolatlari ham tugatilgandi. 12 avgust kuni Pokistonda muvaqqat Bosh vazir lavozimiga “Balujiston Avami” partiyasidan chiqqan senator Anvar ul-Haq Kakar tayinlandi. Joriy yilning 3 mart kuni esa Shahboz Sharif yana Pokistonning yangi Bosh vaziri etib saylandi. Bugun, 9 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sharif nomiga tabrik maktubi yo‘lladi.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr